Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Moskvada Putin bilan uchrashadi

Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda Tog'li Qorabog' masalasi muhokama qilinadi.

1677709
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Moskvada Putin bilan uchrashadi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Moskvada Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashadi.

Uchrashuvda Tog'li Qorabog' masalasi muhokama qilinadi.

 

Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Putin va Aliyev uchrashuvining kun tartibida Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o'rtasida 2020 yil 10 noyabrda imzolangan Tog'li Qorabog' bilan bog'liq kelishuvning ijrosi, mintaqada iqtisodiy va transport aloqalarini tashkillashtirish va uni rivojlantirish masalasi o'rin olgan.

Shuningdek, Rossiya va Ozarbayjon o'rtasidagi strategik munosabatlarni yana-da mustahkamlash bo'yicha yangi rejalar muhokama qilinadi.

 

 



Aloqador xabarlar