Ilhom Aliyev: “Tinchlikni oʻylash, yangi sahifa ochish vaqti keldi”.

Ilhom Aliyev, Armanistonga boʻlgan tashrifi ortidan Ozarbayjonga kelgan Yevropa ittifoqi kengashi rahbari Sharl Mishel bilan uchrashdi.

1677297
Ilhom Aliyev: “Tinchlikni oʻylash, yangi sahifa ochish vaqti keldi”.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev,

“Tinchlikni oʻylash, yangi sahifa ochish vaqti keldi”. - dedi.

Ilhom Aliyev, Armanistonga boʻlgan tashrifi ortidan Ozarbayjonga kelgan Yevropa ittifoqi kengashi rahbari Sharl Mishel bilan uchrashdi.

Kechki ovqatda uchrashgan Aliyev bilan Mishel keyinchalik, birgalikda matbuot anjumani uyushtirdi.

Yevropa ittifoqining Ozarbayjonning asosiy savdo sherigi ekanini ta’kidlagan Aliyev, savdo-sotigʻining qariyb 40 foizini Yevropa ittifoqi bilan birga yoʻlga qoʻyganliklari va yurtida Yevropa ittifoqi mamlakatlaridan 1700 dan ortiq shirkatning faoliyat koʻrsatayotganini ma’lum qildi.

Aliyev, Ozarbayjon tuproqlarining Armaniston tomonidan uzoq yillardan beri bosib olinishini toʻxtatganliklarini belgilab oʻtgan holda:

“Ozarbayjon Armaniston armiyasining tuproqlarimizdan butunlay va hech qanday shart qoʻshmay chiqib ketishini talab qilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi qarorlarini bajardi va urushni toʻxtatdi. Endilikda tinchlikni oʻylash va yangi sahifa ochish vaqti keldi. Biz bunga tayyormiz. Bugun Hurmatli Mishel bilan rejalarimiz, tashabbuslarimiz va yangi vaziyat ustidan koʻz qarashlarimizni keng koʻlamli ravishda muzokara qildik. Qisqa vaqt ichida yaxshi niyat va judayam pragmatik yondashuv bilan bugungi kungacha hal qilinmagan muammolarning koʻpchiligini hal qila olishimiz va yana-da keng mintaqaviy hamkorlik qadamlarini tashlay olishimizga koʻzimiz yetdi. Yevropa ittifoqi bu borada judayam muhim rol oʻynamoqda va oʻynashiga ishonchim komil”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yerevandan olib kelgan xabarlarini Ozarbayjon Prezidenti Aliyevga yetkazganini ifoda etgan Mishel esa, Yevropa ittifoqining bu borada iloji boricha ijobiy tusda va konstruktiv rol oʻynashga tayyor ekanini qayd etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar