Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston TIV Rashid Meredovni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Tashqi Ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

1676341
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston TIV Rashid Meredovni qabul qildi

Bugun Toshkentdagi xalqaro konferensiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra unda, oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani alohida ta’kidlangan.

Rashid Meredov Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning salomi va samimiy tilaklarini yetkazgan. O‘zbekiston yetakchisining Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari yuksak baholangan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish muhimligi qayd etilgan.

Joriy yilning 6-avgust kuni “Avaza” milliy turizm zonasida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning borishi muhokama qilingan.

Afg‘onistonda qaror topayotgan murakkab vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.

 



Aloqador xabarlar