Shavkat Mirziyoyev Mevlut Chavusho‘g‘luni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luni qabul qildi.

1676563
Shavkat Mirziyoyev Mevlut Chavusho‘g‘luni qabul qildi

Bugun 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luni qabul qildi.

Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya bilan munosabatlarning samarali va jadal ruhini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki mamlakat yetakchilarining muntazam muloqoti do‘stlik va strategik sheriklik rishtalarini mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

Mevlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekiston Prezidentiga Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Ushbu mamlakatda mustahkam tinchlikka erishish va uning iqtisodiyotini tiklash borasida yaqindan hamkorlik qilish muhim ekani ta’kidlandi.

 



Aloqador xabarlar