Navbatdagi Ostona muzokaralari bugun poytaxt Nur-Sultonda oʻz ishini boshladi

Turkiya, Rossiya va Eron delegatsiyalari Suriya masalasi ustidan navbatdagi Ostona muzokaralari uchun Qozogʻiston poytaxti Nur-Sultonda uchrashdi.

1671321
Navbatdagi Ostona muzokaralari bugun poytaxt Nur-Sultonda oʻz ishini boshladi

Turkiya, Rossiya va Eron delegatsiyalari Suriya masalasi ustidan navbatdagi Ostona muzokaralari uchun Qozogʻiston poytaxti Nur-Sultonda uchrashdi.

Kafil davlatlar ishtirokidagi ushbu muzokara, Turkiya vaqti bilan bugun soat 07: 00da ikki va uch tomonli texnik uchrashuvlar bilan boshladi.

Suriyadagi muammolarni hal qilish maqsadida uyushtirilgan Ostona muzokaralarida Turkiya delegatsiyasiga Tashqi Ishlar vazirligining Suriya masalalari boʻyicha maxsus vakili Selchuk Unal rahbarlik qilmoqda.

Rossiya nomidan Davlat rahbari Vladimir Putinning Suriya masalasi boʻyicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev, Eron nomidan Tashqi Ishlar vazirining Siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Ali Asgar Hoji ishtirok etgan yigʻilishlarda Suriya rejimi Tashqi Ishlar vaziri oʻrinbosari Ayman Susan va harbiy muxolifat esa Ahmet Tuma rahbarligida qatnashmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Suriya masalalari boʻyicha maxsus vakili Geir Pedersen ham ishtirok etgan muzokarada Iroq, Iordaniya va Livan kuzatuvchi davlat sifatida oʻrin olmoqda.

Ikki kun davom etadigan yigʻilishlarda Suriyadagi mavjud vaziyat, gumanitar yordamlarni yetkazib berish, Jenevadagi Suriya Konstitutsiya qoʻmitasi ishini takror boshlatish, mahkumlarni almashtirish, garovga olinganlarni ozod etish va bedarak yoʻqolganlarni qidirish kabi ishonchni mustahkamlash choralari ham kun tartibidagi eng asosiy masalalardan boʻladi.

Asosiy majlis ertaga oʻtkaziladigan ushbu muzokarada shuningdek, kafil mamlakatlar hay’ati bilan BMTning Muhojirlar masalasi boʻyicha Oliy komissari va Xalqaro Qizil xoch vakillari oʻrtasida majburiy ravishda hibsga olingan shaxslar boʻyicha tuzilgan ishchi guruh yigʻilishining ham uyushtirilishi koʻzda tutilmoqda.

Suriya boʻyicha Ostona muzokaralari, 2017-yili Suriya inqirozini hal qilish maqsadida Turkiya, Rossiya va Eron kafolati ostida boshlatilgandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar