Mirziyoyev bilan Emomali Rahmon mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

1670238
Mirziyoyev bilan Emomali Rahmon mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqib, mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashganlar.

Mintaqada Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani ta’kidlangan.

Shuningdek, Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish rejasini ko‘rib chiqqanlar.



Aloqador xabarlar