Japarov qirgʻiz-tojik xalqlarining yaxshi qoʻshnichilik munosabatlariga e’tibor qaratdi

Qirgʻiziston bilan Tojikiston chegarasida aprel oyida yuz bergan toʻqnashuvlar ortidan ikki mamlakat rahbarlari birinchi marotaba Dushanbeda uchrashdi.

1667293
Japarov qirgʻiz-tojik xalqlarining yaxshi qoʻshnichilik munosabatlariga e’tibor qaratdi

Qirgʻiziston bilan Tojikiston chegarasida aprel oyida yuz bergan toʻqnashuvlar ortidan ikki mamlakat rahbarlari birinchi marotaba uchrashdi.

Qirgʻiz Respublikasi Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, Prezident Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan borgan Tojikiston poytaxti Dushanbeda Prezident Imomali Raxmon bilan uchrashgan.

Raxmonning Japarovni Dushanbedagi Millat saroyida rasmiy marosim bilan kutib olishi ortidan ikki davlat rahbarlari oʻzaro uchrashuvga oʻtgan.

Tojikistonning Japarovning ushbu mamlakatga uyushtirgan rasmiy tashrifiga alohida ahamiyat berganini qayd etgan Raxmon,

“Tojikiston bilan Qirgʻiziston koʻp jihatdan aloqada. Siz bilan munosabatlarimizning barcha holati va bundan nimalar kutilganini gaplashishga tayyormiz”. - dedi.

Taklif uchun Raxmonga minnatdorchilik bildirgan Japarov, joriy yilning 28-30 aprel kunlari boʻlib oʻtgan fojiali hodisalardan qanchalik qaygʻuda ekanini ifoda etgan holda,  

“28-30 aprel kunlari ikki mamlakat uchun ham tarixiy sinov va azobli kunlar boʻldi”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Qardosh qirgʻiz va tojik xalqlarining har doim yaxshi qoʻshnichilik va doʻstona munosabatlarini davom ettirganiga e’tibor qaratgan Japarov,

“Ikkala tomonning ham kelajakda qurolli toʻqnashuvning takrorlanishiga ruxsat bermasligi kerakligini ta’kidlashni xohlayman”. - deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar