Mirziyoyev bilan Berdimuhammedov mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi.

1666726
Mirziyoyev bilan Berdimuhammedov mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdi

Bugun 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidentining tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.

Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Unda avvalom bor oliy darajadagi muntazam va sermahsul muloqotlar tufayli O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish borasida birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlangan. Hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalarni ilgari surishda Hukumatlararo komissiya alohida o‘rin tutishi ta’kidlangan

Yetakchilar joriy yilda Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini tashkil etish masalalariga alohida to‘xtalganlar. Bo‘lajak ko‘p tomonlama tadbir dasturini puxta tayyorlashga kelishib olingan.

Prezidentlar xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashib Afg‘onistondagi, jumladan, ushbu mamlakat shimoliy chegaraoldi hududlaridagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini muhokama qilganlar.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek iliq, do‘stona va ishchan ruhda o‘tgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar