Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 10 mlrd dollarga yetkaziladi

Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O’ktayning Toshkentga tashrifi yakunlari bo‘yicha 58ta banddan iborat bo‘lgan Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi.

1666496
Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 10 mlrd dollarga yetkaziladi

 

Turkiya va O‘zbekiston o‘zaro savdo hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Kelgusi yillarda ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi ishlar amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay ma’lum qilgan.

“Joriy yilning oxiriga qadar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollarni, 2023 yilga kelib esa 5 milliard dollarni tashkil etadi”, deya ta'kidlagan Fuat O’ktay.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentga tashrif yakunlari bo‘yicha 58ta banddan iborat bo‘lgan Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ikki turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni nazarda tutadi.

“Muloqotning muhim jihatlaridan biri Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdir. Anqara Toshkentni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bizning hamkorligimiz hurmat va o‘zaro manfaat tamoyillariga asoslanadi. Ishonchim komilki, 2021 yil Turkiya-O‘zbekiston aloqalarini rivojlantirish yili bo‘ladi”, degan Turkiya vitse-prezidenti.

Fuat O‘ktayTurkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning joriy yil oxirigacha Toshkentga tashrifi rejalashtirilganini ham aytib o‘tgan.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘ktayni qabul qilgani xabar qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Fuat O'ktay , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar