Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda

Bugun Ashxabot shahrida Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

1665714
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda

Bugun 28 - iyun kuni Ashxabot shahrida Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqida Qirgʻiz Respublikasining Prezidentlik apparati Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga koʻra Prezident Sadir Japarovga hamrohlik qilgan kortej Ashxabod shahrining Mustaqillik maydoniga kelib, uni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov kutib olgan.

Qayd etilishicha, Faxriy qorovul komandiri raporti ortidan Qirgʻiziston bilan Turkmanistonning davlat madhiyalari yangragan.  

Ikkala oʻlka liderlari Faxriy qorovul rotasi boʻylab bosib, oʻz yurtlarining rasmiy hay’ati a’zolari bilan tanishtirgan. Askar orkestri marshi bilan Faxriy qorovul rotasi davlat rahbarlari oldidan tantana bilan oʻtishgan.

Ortidan Prezident Sadir Japarov avtomobil va otlilar eskorti hamrohligida “Oʻguzhan” saroyiga yoʻl olgan.

U yerda davlat rahbarlari suratga tushib, hamon ortidan oʻzaro uchrashuvga kirishgan.



Aloqador xabarlar