Fuat O'ktay:"2021-yil Turkiya va O'zbekiston uchun qardoshlik yili bo'ladi"

Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O'ktay O'zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi davlat va xususiy sektorlari o'rtasida ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig'ilishida ishtirok etdi.

1666347

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar ishtirok etdi.

Fuat O'ktay yig'ilishda so'zlagan nutqida, "O'zbekistondagi islohotlar jarayonini qo'llab-quvvatlaymiz. Turkiya O'zbekistondagi har bir sohadagi ulkan salohiyatni guvohi bo'lib turibdi. Buni yana ham yuqori marralarga olib chiqish uchun qardosh O'zbekistonga ko'mak berishga tayyor",-dedi.

U shuningdek, Turkiya bilan O'zbekiston o'rtasidagi savdo hajmi 2021 yilning dastlabki besh oyida avvalgi yilning mos davriga nisbatan 93 foiz o'sganligini va 1.5 mlrd dollarga yetganligini ta'kidladi.

"Ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro savdoda milliy pul birligidan foydalanishga kelishib olindi",-dedi Fuat O'ktay.

Uning ta'kidlashicha, 2021-yil Turkiya va O'zbekiston uchun qardoshlik yili bo'ladi.

Tanlangan kalimalar: #Fuat O'ktay , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar