Ozarbayjonda Turkiya bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

"Mustafo Kamol Otaturk - 2021" harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida 600 nafar harbiy, 40ta tank va boshqa zirhli texnika ishtirok etadi.

1666110
Ozarbayjonda Turkiya bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

 

Ozarbayjon qurolli kuchlari Turkiya armiyasi vakillari bilan hamkorlikda "Mustafo Kamol Otaturk - 2021" harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.

"Taktik mashg‘ulotlar 28 iyun kuni ikki mamlakat o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlik kelishuvi doirasida boshlandi. Mashg‘ulotlardan maqsad – Ozarbayjon va Turkiya harbiy bo‘linmalari muvofiqlashuvini yaxshilash, qo‘mondonlarning boshqaruv mahoratlarini rivojlantirish", - deyiladi Ozarbayjon mudofaa vazirligi xabarida.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlarda 600 nafar harbiy, 40ta tank va boshqa zirhli texnika ishtirok etadi.

"Shuningdek, mashg‘ulotlarga 20tagacha turli kalibrdagi artilleriya va minomyot qurilmalari, yettita jangovar va transport vertolyoti, uchta dron va 50tagacha avtomobil texnikasi jalb etilgan" – deyiladi xabarda.

O‘quv mashg‘ulotlari 30 iyungacha davom etadi.



Aloqador xabarlar