Suriya boʻyicha navbatdagi Ostona muzokaralarining qachon oʻtkazilishi ma’lum boʻldi

Qozogʻiston Tashqi Ishlar vazirligi Suriya boʻyicha navbatdagi Ostona muzokaralarining qachon oʻtkazilishi haqida ma’lumot berdi.

1664867
Suriya boʻyicha navbatdagi Ostona muzokaralarining qachon oʻtkazilishi ma’lum boʻldi

Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi yuzasidan keyingiga qoldirilgan  Suriya boʻyicha navbatdagi Ostona muzokaralari, 7-8 iyul kunlari Qozogʻiston poytaxti Nur-Sultonda boʻlib oʻtadi.

Qozogʻiston Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Turkiya, Eron va Rossiya hay’atlaridan tashqari Suriyadan rejim kuchlari bilan harbiy muxolifat vakillari ishtirok etadi.

Birlashgan Millatlar maxsus hay’ati bilan Iordaniya, Livan va Iroq ushbu muzokaralarda kuzatuvchi davlat sifatida oʻrin oladi.

Suriyadagi mavjud vaziyat, gumanitar yordamni yetkazib berish, Jenevadagi suriyalik Konstitutsiya qoʻmitasi faoliyatlarining takror boshlashi, tutqinlarning almashtirilishi, garovga olinganlarning ozod etilishi va bedarak yoʻqolganlarni qidirish kabi ishonchni mustahkamlash choralari ham muzokra jarayonida eng asosiy kun tartibi moddalari qatoriga kiritilgan. 

 


Tanlangan kalimalar: #Ostona muzokaralari , #Suriya , #Covid-19

Aloqador xabarlar