Tatar: “Kiprda tenglik oʻrnatilsa, rasmiy muzokaralarga oʻtilishi mumkin”.

ShKTR Prezidenti Ersin Tatar, BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bilan Belgiya poytaxti Bryusselda uchrashish uchun Shimoliy Kiprdan yoʻlga chiqdi.

1664104
Tatar: “Kiprda tenglik oʻrnatilsa, rasmiy muzokaralarga oʻtilishi mumkin”.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti (KKTC) Ersin Tatar,

“Tengligimizning qabul qilinishi, suveren tenglik asosida va xalqaro tenglik maqomining ta’minlanishi bilangina (Kiprda) rasmiy muzokaralarga oʻtilishi mumkin va keyin muhim masalalar kun tartibiga olib chiqiladi.” - dedi.

Tatar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterres bilan Belgiya poytaxti Bryusselda uchrashish uchun Shimoliy Kiprdan yoʻlga chiqdi.

Safari oldidan Erjan aeroportida kun tartibini baholagan Tatar, Guterres bilan ertaga ertalab uchrashishlarini bildirdi.

Tatar,

“Kiprda tenglik asosida kelishuv tuzilishi uchun qattiq kurashyapmiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti yetakchiligida 27-29 aprel kunlari Jenevada boʻlib oʻtgan norasmiy Kipr konferentsiyasida men ilgari surgan 6 moddalik taklifning birinchi moddasi - Kipr turk xalqining suveren tengligining qabul qilinishi, tenglikning tan olinishi va xalqaro tenglik maqomining ta’minlanishidir-”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Prezident etib saylanishidan oldin va keyin “Kiprda tenglik oʻrnatilsa, rasmiy muzokaralarga oʻtilishi mumkin”. - deb ta’kidlaganini yodga solgan Tatar, ushbu siyosatni amalga oshirishda Turkiya tomonidan ham har tomonlama qoʻllab-quvvatlanganliklarini ifoda etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #ShKTR , #Ersin Tatar

Aloqador xabarlar