Abdulaziz Kamilov bilan Sergey Lavrov O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini qo‘lga oldi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqat qildi.

1663046
Abdulaziz Kamilov bilan Sergey Lavrov O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini qo‘lga oldi

2021-yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi dolzarb jihatlari muhokama qilingan. Turli darajadagi bo‘lajak rasmiy uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqilgan. Mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Rossiya tomonining “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan.



Aloqador xabarlar