Turkiya Turizm vazirligi delegasiyasi Farg’onaga tashrif buyurdi

23-24 iyun kunlari O’zbekistonning Qo`qon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yig`ilishi va Turizm bo`yicha ishchi guruhning XV yig`ilishi bo`lib o`tadi.

1663263
Turkiya Turizm vazirligi delegasiyasi Farg’onaga tashrif buyurdi

 

23-24 iyun kunlari O’zbekistonning Qo`qon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yig`ilishi va Turizm bo`yicha ishchi guruhning XV yig`ilishi bo`lib o`tadi. 

Ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun kelgan Turkiyaning turizm vazirligi delegasiyasi a`zolari kecha, 22 iyun kuni Farg`ona xalqaro aeroportida viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi vakillari tomonidan kutib olindi.  

Qo`qon shahri mezbonlik qiladigan yig`ilishda Kengashga a`zo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi, “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirish, Qo`qon shahrini "Zamonaviy ipak yo`li" dasturiga kiritish hamda a`zo davlatlarning yirik shaharlari o`rtasida xalqaro aviareyslarni tiklash kabi muhim masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, xorijiy ishtirokchilar turizm sohasidagi istiqbolli loyihalar, ziyorat turizmi imkoniyatlari, Farg`ona viloyatining hunarmandchilik, ekoturizm va gastronomik salohiyati bilan tanishtiriladi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a`zo davlatlar delegasiyalari vakillari ham Farg`onaga etib kelishni boshladilar.

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, O`zbekiston Prezidenti tomonidan 2019-2020 yillarda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitlari doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish hamda tashkilot doirasida turizm sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari Turkiy kengash doirasida amalga oshirilayotgan “Modern Silk Road” qo`shma turizm marshruti loyihasiga kiritilishi ta`minlandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiy kengash , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar