Xorazmda “turizm mahallalari” tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

1662027
Xorazmda “turizm mahallalari” tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-2022 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Bu  haqida “Dunyo” AA ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra hujjatda, Xorazm viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni yana-da rivojlantirish, zamonaviy turizm infratuzilmasi, yangi dam olish maskanlarini barpo etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, turizm sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga doir qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan.  

Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratilgan:

- turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan “turizm mahallalari”ni tashkil etish;

- tashrif buyuruvchi turistlar uchun qo‘shimcha xizmat turlari va qulay shart-sharoitlar yaratish, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish;

- madaniy ko‘ngilochar tadbirlar va festivallarni tashkil etish hamda yoshlarni sportga jalb etish;

- ekoturizm, tibbiyot, taʼlim hamda etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish;

- turizm loyihalariga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni hamda moliya institutlarining grand mablag‘larini jalb qilish.

Dasturga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy byudjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar va ijrochilar mablag‘lari doirasida moliyalashtirilishi belgilangan.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://lex.uz/pdfs/5458180

 



Aloqador xabarlar