O‘zbekistonda bugungacha 2.5 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Kecha 15 - iyunda mamlakat hududlari bo‘ylab 41373 doza Covid - 19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.

1659024
O‘zbekistonda bugungacha 2.5 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Kecha O‘zbekistonda 41 ming nafardan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqida mamlakatning Sog‘likni saqlash vazirligi ma’lum qildi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra 15 - iyunda mamlakat hududlari bo‘ylab 41373 doza Covid - 19 ga qarshi vaksina qo‘llanilgan. Ulardan:

1 - bosqich emlanganlar 18137 nafarni,

2 - bosqich emlanganlar 12890 nafarni ,

3 - bosqich emlanganlar soni 10346 nafarni tashkil qiladi.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2695058 doza vaksinadan foydalanilgan.

Ulardan

1 - bosqich emlanganlar 1623764 nafarni,

2 - bosqich emlanganlar 1002919 nafarni ,

3 - bosqich emlanganlar soni 68375 nafarni tashkil qiladi.

Emlash jarayonlari davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar