Ozarbayjon armiyasining Qorabog‘ urushidagi shahidlari sonida ortish qayd etildi

Ozarbayjon armiyasining 2020 – yilning 27 – sentabrida boshlagan va 2020 - yilning 10 - noyabrida Armanistonning mag‘lubiyatni qabul qilgan shartnomaga qo‘l qo‘yishi bilan tugagan urushdagi halok bo‘lgan a'zolari soni qayta ko‘rib chiqildi.

1657868
Ozarbayjon armiyasining Qorabog‘ urushidagi shahidlari sonida ortish qayd etildi

Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘dagi tuproqlarini ishg‘oldan qutqarish uchun olib borgan amaliyotida 2 ming 904 nafar shahid berdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, 2020 – yilning 27 – sentabrida boshlagan va 2020 - yilning 10 - noyabrida Armanistonning mag‘lubiyatni qabul qilgan shartnomaga qo‘l qo‘yishi bilan tugagan urushdagi halok bo‘lganlar sonining qayta ko‘rib chiqilgani qayd etildi.

Bayonotda, ilgari 2 ming 900 nafar deb e’lon qilingan shahidlar sonining, ba’zi janozalarning topilishi va ularning kim ekanining aniqlanishi orqali 2 ming 904 nafarga yetgani bildirildi. Yana 10 askarning bedarak yo‘qligi xabar berilgan bayonotda, dafn qilingan shahid askarlarning ismlariga ham o‘rin berildi.

Ozarbayjon armiyasi tomonidan 2020 - yilning 27 - sentabrida boshlatilgan amaliyotida 5 ta shahar markazi, 4 ta shaharcha va 286 ta qishloq ozod qilindi. Buning ustiga Armaniston mag‘lubiyatni qabul qildi va bosib olingan Ag‘dam, Lochin va Kalbajar viloyatlarini ham boshatishlari haqidagi shartnomaga qo‘l qo‘ydi.

Armaniston armiyasi 2020 - yilning 20 - noyabrida Ag‘damdan, 25 - noyabrida Kalbajardan va  1 - dekabrida Lochindan chiqib ketdi.

 

 



Aloqador xabarlar