O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy transport koridorini kengaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Transport vazirlari, O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy transport koridorini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqdi.

1641509
O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy transport koridorini kengaytirish rejalashtirilmoqda

Kecha 17 - may kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Qirg‘iziston Respublikasi Transport, arxitektura, qurilish va kommunikatsiya vaziri Gulmira Abdralyieva bilan uchrashdi. Bu haqida  O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra ikki mamlakat vazirlari boshchiligidagi delegatsiya vakillari O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi transport - kommunikatsiya aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘sh – Saritosh - Irkeshtom avtomobil yo‘li bo‘ylab, o‘rganish va tadqiqot ishlarini o‘tkazishmoqda. Xususan, delegatsiya a’zolari “Irkeshtom” chegara bojxona postining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishgan.

Shuningdek, Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh – Andijon – Toshkent multimodal transport koridori salohiyatini kengaytirish, uning imkoniyatlaridan oqilona va samarali foydalanishni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Xususan Chiyirchiq, Taldiq, Tonmurun dovonlari va Saritosh punkitiga tashrif buyurilgan.

Uchrashuv davomida vazirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha bitimlar doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.



Aloqador xabarlar