Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan muloqot qildi

Prezidentlar muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar o'zbek va qirg'iz xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu istaklarini izhor qildilar.

1639082
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan muloqot qildi

 

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 may kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Prezidentlar muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar o'zbek va qirg'iz xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu istaklarini izhor qildilar.
Qirg‘iziston Prezidentining joriy yil mart oyida O'zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.
Savdo, sanoat, energetika, transport va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar mamnuniyat bilan qayd etildi.



Aloqador xabarlar