Farhod Arziyev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi

Tomonlar ta’lim sohasida, xususan, O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirishda qo‘shma dasturlar tayyorlash va amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

1638960
Farhod Arziyev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi

 

Kecha, 12 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney bilan uchrashdi.
Tomonlar ta’lim sohasida, xususan, O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirishda qo‘shma dasturlar tayyorlash va amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.



Aloqador xabarlar