O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Ramazon hayiti bilan bir-birlarini tabrikladilar

Bugun, 13 may kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezident Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

1638837

Prezident Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezidentlar Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar o’zbek va qozoq xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Shuningdek, suhbat chog’ida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Pandemiya oqibatlariga qaramay, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi yuqori sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Joriy yilning birinchi choragida tovar ayirboshlash 28 foizga ko‘paydi, sanoat kooperatsiyasi dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, transport va logistika sohasida yirik loyihalar tayyorlanmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengayib bormoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlash va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Aloqador xabarlar