O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Bugun Xitoyning Sian shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining "Markaziy Osiyo – Xitoy" shaklidagi ikkinchi muzokaralar doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi.

1638050
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Bugun, 11 may kuni Xitoyning Sian shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining "Markaziy Osiyo – Xitoy" shaklidagi ikkinchi muzokaralar doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O'zbekiston TIV maʼlumotiga ko‘ra, vazirlar ikki tomonlama aloqalar rivojlanishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar hamda mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Taʼkidlanganidek, davlatlar rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli samarali natijalar berayotgan qator kelishuvlarga erishildi, o‘zaro ishonch mustahkamlandi, qardosh xalqlarimiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari kengaydi.

Tomonlar Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni, multimodal transport koridori hamda "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li loyihasini imkon qadar tez muddatda amalga oshirishning muhimligini qayd etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir boshqa masalalar ham muhokama qilindi.



Aloqador xabarlar