O‘zbekiston Prezidenti “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.

1636827
O‘zbekiston Prezidenti “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi

 

O‘zbekiston Prezidenti “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gullar qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.

Atrof bayramona bezatilgan. Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbarlar tarkibi saf tortgan.

Harbiy orkestr ijrosida “Xotirlash kuyi” yangradi. Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.

Bu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan ayrilgan jafokash va matonatli ona – Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. U o'zbek xalqining urushdagi yo‘qotishlari, g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasining timsoli sifatida bog‘ markazidan o‘rin olgan. Bu yodgorlikka gul qo‘yish barcha O‘zbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.

Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillari ham majmua poyiga gullar qo‘ydi.



Aloqador xabarlar