Qozog‘iston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordamini yuboradi

Qozog‘iston hukumati qo‘shni davlat Qirg’izistonga insonparvarlik yordamini yuborishga qaror qildi. Bu haqda Qozog’iston prezidenti matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qildi.

1635831

Uning ta’kidlashicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qozoq xalqi nomidan qo’shni davlat Qirg’izistonga insonparvarlik yordamini yuborishga qaror qildi.

Bayonotga ko’ra, qardoshlik, do’stlik va strategik sheriklik tamoyillari doirasida Qozog’iston hukumati tomonidan qo’shni davlat Qirg’izistonga yuboriladigan insonparvarlik yordami tarkibida 10 ming tonna un mahsuloti o’rin olgan.

“Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ushbu rasmiy insonparvarlik yordamini yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishni ta'minlash vazifasi yuklandi”, deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, 29-aprelda Qirg’iziston-Tojikiston chegarasida ro’y bergan qurolli to’qnashuvlardan so’ng, Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilgan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qirg’izistonga insonparvarlik yordamini yuborishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Aloqador xabarlar