Japarov Batkendagi harbiy lager poydevoriga kapsula soldi

Sadir Japarov, bugun, qirg‘iz - tojik chegarasidagi qurolli to‘qnashuvda ziyon ko‘rgan Batken viloyatida.

1635364
Japarov Batkendagi harbiy lager poydevoriga kapsula soldi
Caparov Batken - 6.jpg
Caparov Batken - 7.jpg

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun 6 - may kuni Batken viloyatining Leyk tumanidagi harbiy lager poydevoriga kapsula soldi.

Shuningdek Prezident mahalliy aholi bilan uchrashib, ularga davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayoni to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Sadir Japarov chegara masalalari uning faoliyatidagi eng ustuvor vazifalardan biri ekanini, chunki milliy xavfsizlikning chegaradan boshlanishini ta’kidladi.

Prezident voqeada ziyon ko‘rganlarni qo‘llab - quvvatlash chora - tadbirlari haqida gapirar ekan qurbonlarning oilalariga davlat tomonidan 1 million so‘mdan, jabrlanganlarga 50 mingdan 100 ming so‘mgacha tovon puli to‘lanishi va uylari buzilganlarning hammasining uylarining bepul qayta tiklanishini qayd etdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, barcha jalb qilingan davlat idoralari va mahalliy hokimiyatlarga o‘z vaqtida ko‘rsatmalar berilmoqda va ularning muvofiqlashtirilishi Prezident tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

O‘z navbatida mahalliy aholi, Batken viloyatiga haligacha yordam berayotgan qirg‘izistonliklarga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Batken , #Sadir Japarov

Aloqador xabarlar