O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar vaqtinchalik qisqarmoqda

Epidemiologik vaziyat yomonlashuvi ortidan Turkiya hukumati tomonidan mamlakatda lokdaun e’lon qilinganligi sababli "Uzbekistan Airways" Turkiyaga amalga oshiriladigan quyidagi reyslarni bekor qiladi.

1632272

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra bekor qilingan reyslar jadvali quyidagicha;

2021 yil 14 may kunidagi HY 273-274  Toshkent – Istanbul – Toshkent reysi;

2021 yil 7, 10 va 14 – may kunlaridagi Samarqand – Istanbul – Samarqand reysi;

2021 yil 1, 5, 8, 12, 15 – may kunlaridagi Farg‘ona – Istanbul – Farg‘ona reysi;

2021 yil 2, 9, 16 – may kunlaridagi Urganch – Istanbul – Urganch reysi.  

Eslatib o‘tamiz, Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida kunduzgi HY 271 - 272 reyslar o‘zgarishsiz davom etadi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Uzbekistan Airways

Aloqador xabarlar