Tojikiston-Qirg'iziston chegarasidagi to‘qnashuvlarda qurbonlar soni 49 nafarga yetdi

Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov to‘qnashuvlar chog‘ida halok bo'lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

1632230
Tojikiston-Qirg'iziston chegarasidagi to‘qnashuvlarda qurbonlar soni 49 nafarga yetdi

 

Tojikiston-Qirg'iziston chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlar vaqtida halok bo'lganlar soni 49 nafarga yetdi.

Qirg'iziston sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qilishicha, Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Batken viloyatida 29 aprel kuni yuz bergan qurolli to'qnashuvlarda halok bo'lgan Qirg'iziston fuqarolari soni 34 nafar, yaradorlar soni 173 nafarni tashkil qildi.

Tojikiston matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, to'qnashuvlarda Tojikiston tomoidan 15 kishi halok bo'lgan, ulardan 7 nafari harbiylar. 90ga yaqin kishi jarohatlangan.

29 aprelda chegarada yuz bergan mojaro ikki davlat harbiylarining og‘ir qurol qo‘llangan holdagi to‘qnashuvlariga aylanib ketgan. Ikki tomon o‘rtasidagi mojaroga suv taqsimlash bilan bog‘liq bahs sabab bo‘lgandi. To'qnashuvlar vaqtida ko'plab uy, davlat irodalari va ishxonalar zarar ko'rgandi.

Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradagi Batken viloyatidan 20 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan.

30 aprelga o‘tar kechasi tomonlar jangovar to‘qnashuvlarni to‘xtatishga va qo‘shinlarni ortga qaytarishga kelishib olgan.  

Qirg‘iziston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va qo‘shinlarni chegaradan uzoqlashtirishga kelishib oldi.

Prezident Sadir Japarov to‘qnashuvlar chog‘ida yaqinlarini yo‘qotganlarga hamdardlik bildirgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #chegara , #Qirg'iziston , #Tojikiston

Aloqador xabarlar