Turk kengashi Qirg‘iziston bilan Tojikistonni chora ko‘rishga chaqirdi

Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasida joylashgan suv taqsimlash punktidagi suv taqsimotini nazorat qilish istagi yuzasidan ikkala mamlakat fuqarolari o‘rtasida 28 - aprel kuni boshlagan janjal ertasi kuni, 29 - aprelda qurolli to‘qnashuvga aylangandi.

1631801
Turk kengashi Qirg‘iziston bilan Tojikistonni chora ko‘rishga chaqirdi

Turk kengashi Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida kelib chiqan qurolli to‘qnashuvning diplomatik muzokaralar va do‘stona munosabatda hal qilinishi kerakligini belgilab o‘tgan holda, vaziyatning barqaror tus olishi uchun tomonlarni chora ko‘rishga chaqirdi.

Turk kengashi Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida joylashgan suv taqsimlash punktidagi suv taqsimotini nazorat qilish istagi yuzasidan kelib chiqqan qurolli to‘qnashuv haqida yozma ravishda bayonot berdi va unda tomonlarda o‘limga yo‘l ochgan vaziyatning kuchayishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni chuqur qayg‘u bilan olganliklarini ifoda etdi.

Amreyev tomonlarning muzokara ortidan o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olganini qo‘llab - quvvatlashlarini qayd etdi.

Mavjud muammolarning faqatgina ikki mamalakt o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari ruhida, diplomatik yo‘llar va do‘stona munosabatda hal qilinishi kerakligini ta’kidlagan Amreyev,

“Bu borada Turk kengashi ayniqsa, qirg‘iz tomonining tinchlikni o‘rnatishiga qo‘shgan hissasini ta’kidlagan holda,  tomonlarni ehtiyot bo‘lishga va taranglikning avj olishiga yo‘l ochadigan har qanday harakatdan uzoq turishga eng muhimi, vaziyatning barqaror tus olishi uchun tomonlarni chora ko‘rishga chaqiradi. Turk kengashi tashkilotning asoschi a’zolaridan biri bo‘lgan Qirg‘iziston bilan mavzu ustidan yaqin aloqada bo‘lishni davom etadi”. - dedi.

Eslatib o‘tamiz:

Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasidagi mubohasali mintaqada joylashgan suv taqsimlash punktidagi suv taqsimotini nazorat qilish istagi yuzasidan ikkala mamlakat fuqarolari o‘rtasida 28 - aprel kuni boshlagan janjal ertasi kuni, 29 - aprelda qurolli to‘qnashuvga aylandi.

Ikkala mamlakatning Tashqi Ishlar vazirligi amalga oshirgan uchrahsuv natijasida 29 - aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan e’tiboran o‘q uzishni butunlay to‘xtatish va harbiy kuchlarning eski o‘rniga qaytishi ustidan kelishib olindi.

 

 



Aloqador xabarlar