Qirg‘iziston bilan Tojikiston prezidentlari chegaradagi vaziyat ustidan uchrashadi

Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasida joylashgan suv taqsimlash punktidagi suv taqsimotini nazorat qilish istagi yuzasidan ikkala mamlakat fuqarolari o‘rtasida 28 - aprel kuni boshlagan janjal ertasi kuni, 29 - aprelda qurolli to‘qnashuvga aylangandi.

1631798
Qirg‘iziston bilan Tojikiston prezidentlari chegaradagi vaziyat ustidan uchrashadi

Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida joylashgan suv taqsimlash punktidagi suv taqsimotini nazorat qilish istagi yuzasidan kelib chiqan qurolli to‘qnashuvda halok bo‘lganlar soni 39, tan jarohati olganlar soni esa 134 nafarga chiqdi.

Qirg‘iziston Sog‘likni saqlash vazirligi mamlakatning janubiy qismida joylashgan Batken viloyatida kelib chiqqan qurolli to‘qnashuvda halok bo‘lgan qirg‘iz fuqarolar sonining 31 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Qirg‘iz rasmiylar shuningdek, qurolli to‘qnashuvda tan jarohati olgan 134 nafar kishidan 49 nafarining poytaxt Bishkekdagi kasalxonalarga yetkazilganini qayd etdi.

Tojikiston matbuoti ham to‘qnashuvda 8 nafar tojik fuqarosining halok bo‘lgani va 90 dan ortiq kishining tan jarohati olganini bildirdi.

Ma’lumotlarda, voqea yuz bergan Chorkuh qishlog‘ida yashagan va ayollar bilan bolalardan iborat qariyb 100 kishining Isfara shahriga ko‘chirilgani ham ta’kidlandi.  

Shu bilan birga Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqat qildi.

Liderlar may oyining ikkinchi yarmida Tojikiston poytaxti Dushanbeda uchrashuv o‘tkazmoqchi.

Ikka o‘lka, hukumatlararo chegarani belgilab olish hay’atlari ham 1 - may  kuni Qirg‘izistonning Batken viloyatida uchrashish uchun kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz:

Qirg‘iziston bilan Tojikiston o‘rtasidagi mubohasali mintaqada joylashgan suv taqsimlash punktidagi suv taqsimotini nazorat qilish istagi yuzasidan ikkala mamlakat fuqarolari o‘rtasida 28 - aprel kuni boshlagan janjal ertasi kuni, 29 - aprelda qurolli to‘qnashuvga aylandi.

Ikkala mamlakatning Tashqi Ishlar vazirligi amalga oshirgan uchrahsuv natijasida 29 - aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan e’tiboran o‘q uzishni butunlay to‘xtatish va harbiy kuchlarning eski o‘rniga qaytishi ustidan kelishib olindi.



Aloqador xabarlar