O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida suv taqsimlash punktidagi suv taqsimotini nazorat qilish istagi yuzasidan 28 - aprel kuni taranglik kelib chiqqandi.

1631308
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun 30 - aprel kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati, rasmiy veb sayti orqali ma’lumot tarqatdi.  

Ushbu ma’lumotga ko‘ra davlat rahbarlari Tojikiston - Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qilganlar.

O‘zbekiston Prezidenti yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilish va uning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlari erishgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlagan.

Mavjud barcha masalalar do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlari ruhida, faqat muzokaralar va maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal qilinish muhim ekani ta’kidlangan.

Tojikistonga bo‘lajak oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlikning borishi ham ko‘rib chiqilgan. Ikki mamlakat bosh vazirlari o‘tgan hafta Xo‘jand shahrida o‘tkazgan amaliy uchrashuvning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan keng ko‘lamli hamkorlikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash muhimligi alohida ta’kidlangan.

 



Aloqador xabarlar