Samarqandda Qozog‘iston Bosh konsulxonasi ochildi

Bugun, 29 aprel kuni Samarqand shahrida Qozog‘iston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Samarqand shahar hokimi Erkinjon Turdimov, Qozog‘iston elchisi Darxan Satibaldi va boshqalar ishtirok etdi.

1630713
Samarqandda Qozog‘iston Bosh konsulxonasi ochildi

 

Bugun, 29 aprel kuni Samarqand shahrida Qozog‘iston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Samarqand shahar hokimi Erkinjon Turdimov, Qozog‘iston elchisi Darxan Satibaldi va boshqalar ishtirok etdi.

Konsullik Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi investitsiya, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni bajaradi.

Samarqand shahrida Bosh konsulxonani ochish to‘g‘risidagi farmon Qozog‘iston Prezidenti  Kasim-Jomart Tokayev tomonidan 2020 yilda imzolangan.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov marosimdagi nutqida konsulxona ochilishi bilan barchani tabrikladi va o‘zbek tomoni Bosh konsulxona faoliyatiga barcha zarur yordam ko‘rsatishini bildirdi.

Elchi Darxan Satibaldi, o‘z  navbatida, Bosh konsulxonani ochishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganligi uchun O‘zbekiston vakillariga minnatdorlik bildirdi. U vakolatxonaning ochilishi o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan Qozog‘iston-O‘zbekiston ikki tomonlama aloqalarini yana-da rivojlantirishga hissa qo‘shishini  taʼkidladi.

Qozog‘iston Bosh konsulxonasi Yalantush Bahodir ko‘chasi, 52A-uyda joylashgan. Uning konsullik okruglari sifatida Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi belgilangan.

Avval ta'kidlanganidek, Samarqandda mart oyida Turkiya Bosh konsulxonasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tgan edi.


Tanlangan kalimalar: #konsulxona , #Qozog'iston , #Samarqand , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar