O'zbekiston va Turkiy Kengash o'rtasida tranzit masalalari bo‘yicha maslahatlashuv bo'lib o'tdi

Videokonferensiya shaklida bo'lib o'tgan anjuman transport sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya maslahatlashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

1629108
O'zbekiston va Turkiy Kengash o'rtasida tranzit masalalari bo‘yicha maslahatlashuv bo'lib o'tdi

 

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash) kotibiyati bilan O‘zbekiston transport va bojxona organlari vakillari ishtirokida videokonferensiya shaklida navbatdagi maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lum qilishicha, maslahatlashuvda O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Abdusamad Mo‘minov, Turkiy Kengash Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov, shuningdek, transport vazirligi, davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar assotsiatsiyasi ekspertlari ishtirok etdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 31 martda bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengashning norasmiy sammiti davomida e’lon qilgan transportni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari, shuningdek, transport sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya maslahatlashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Yig‘ilishda tomonlar Transkaspiy transport yo‘lagining raqobatbardoshligini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishning ahamiyatini namoyish qilish bo‘yicha “Yo‘l savdo karvoni” safarini tashkil etish yuzasidan fikr almashdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiy Kengash

Aloqador xabarlar