Ozarbayjon Baydenning armanlar genotsidi to‘g‘risidagi bayonotini "tarixiy xato" deb atadi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Jo Baydenning armanlar genotsidi to‘g‘risidagi bayonotini "tarixiy xato" deb atadi. Ilhom Aliyev Ozarbayjon Jo Baydenning ushbu bayonotini qabul qilmasligini ta'kidladi.

1627932
Ozarbayjon Baydenning armanlar genotsidi to‘g‘risidagi bayonotini "tarixiy xato" deb atadi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotida AQSh prezidenti Jo Baydenning Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan 1915 yil voqealarini "armanlar genotsidi" deb baholaganini tarixiy xato deb atadi.

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari AQSh prezidenti Jo Baydenning "armanlar genotsidi" bilan bog‘liq bayonotini qoraladilar. Prezident Ilhom Aliyev buni tarixiy xato deb atadi",-deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, Aliyev Ozarbayjon bu bayonotni qabul qilmasligini ta'kidlagan.

Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan 1915 yil voqealarini "armanlar genotsidi" deb atalagandi.

O‘z navbatida, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li ham Anqara Baydenning bu bayonotini to‘laligicha inkor etishini ma'lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar