Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchisi Olgan Bekardan ishonch yorlig'ini qabul qildi

Kecha, 23-aprel kuni xorijiy davlatlarning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1627917
Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchisi Olgan Bekardan ishonch yorlig'ini qabul qildi

 

Kecha, 23-aprel kuni xorijiy davlatlarning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlarning mamlakatga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Bu haqda O'zbekiston prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bangladesh Xalq Respublikasi elchisi Muhammad Jahongir A’lam, Chexiya Respublikasi elchisi Vatslav Yilek, Misr Arab Respublikasi elchisi Amira Fahmiy, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi elchisi Demiya Zuhayr Haddod, Turkiya Respublikasi elchisi Olgan Bekar, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian va Rossiya Federatsiyasi elchisi Oleg Malginovdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning O‘zbekiston bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti yangi tayinlangan elchilar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazdi.

Diplomatlar samimiy qabul hamda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar.

 

 



Aloqador xabarlar