Ching‘iz Aytmatovning turmush o‘rtog’i Maria Aytmatova Covid - 19 dan vafot etdi

Ching‘iz Aytmatovning 79 yoshidagi turmush o‘rtog’i Maria Aytmatova kasalxonada, Covid - 19 dan vafot etdi.

1625401
Ching‘iz Aytmatovning turmush o‘rtog’i Maria Aytmatova Covid - 19 dan vafot etdi

Turkiyada “Sarviqomat dilbarim” nomli asari bilan tanilgan buyuk qirg‘iz yozuvchisi va jamoat arbobi Ching‘iz Aytmatovning 79 yoshidagi turmush o‘rtog’i Maria Aytmatova kasalxonada, Covid - 19 dan vafot etdi.

Aytmatovaning kelini Sabira Aytmatova, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali reanimatsiyada yotgan Maria Aytmatovaning poytaxt Bishkekdagi yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida vafot etganini ma’lum qilgan holda,

“Onam nozik va dono ayol edi. Oilamiz uchun o‘rni to‘lmas yo‘qotish”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ham Maria Aytmatovaning vafotidan chuqur qayg‘uda ekanini ifoda etdi.

Asarlari dunyoning 157 tiliga tarjima qilingan Ching‘iz Aytmatov, 2008 - yilning may oyida bir rus telekanlining xujjatli filmini suratga olish jarayoni uchun borgan Tatariston poytaxti Qozonda xastalanib, davolanishi uchun olib borilgan Germaniyada, 2008 - yilning 10 - iyuni kuni o‘lamdan o‘tgandi.

 

 



Aloqador xabarlar