Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari O.Urmambetov boshchiligidagi delegatsiya kecha O’zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlarning O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

1625496

O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama idoralararo hamkorlik masalalari, shuningdek, kasb tajribasi almashinuvini faollashtirish, kadrlar malakasini oshirish hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Qirg‘iziston vakillari O‘zbekiston ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar jarayoni, tizim faoliyatiga axborot texnologiyalari joriy etilishining natijalari bilan tanishtirildi.

Qirg‘iziston IIV delegatsiyasi tashrifi dasturidan Toshkent shahri va Samarqand viloyati ichki ishlar organlarining faoliyati bilan tanishish ham o‘rin olgan.

Aloqador xabarlar