TRT seriallaridan “Mavera” Qozog‘istonda ham namoyish etiladi

Butun dunyo telekanallaridan keng o‘rin olgan turk seriallariga yana bir serial qo‘shildi.

1624121
TRT seriallaridan “Mavera” Qozog‘istonda ham namoyish etiladi

Butun dunyo telekanallaridan keng o‘rin olgan turk seriallariga yana bir tarixiy, mazmunli serial qo‘shildi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi TRT seriallaridan “Mavera”, Qozog‘istonda ham namoyish etiladi.

Serialning nomidan ham anglashilganidek Xo‘ja Ahmad Yassaviyning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan jihatlarini qo‘lga olingan ushbu serialni qozog‘istonliklar Ramazon oyi davomida milliy kanal “Qazaqsatan TV” orqali tomosha qilish imkoniga ega.  

Eslatib o‘tamiz arab tilidagi “Mavera” degan so‘z “Mavjud dunyoning ko‘rinmas qirralari” degan ma’noni anglatadi. Qozoq tiliga esa “Sirli dunyo” deb o‘girish mumkin.

Xo‘ja Ahmad Yassaviyning hayotini qo‘lga olgan ushbu serial judayam qiziqarli va tarixiy hikoyalarga boy. Unda Yusuf Hamadoniy tomonidan Bog‘dodga yuborilgan Xo‘ja Ahmad Yassaviyning u yerda olib borgan hamjihatlik kurashi Turkiya tomonidan yangi formatda suratga olindi. Serial rejissyorligini Umid Karaja o‘z zimmasiga olgan.

Mavera serialida esa Korel Jezayirli, Go‘rkem Sevindik, Tansel O‘ngel va Sinan Tuzju kabi aktyorlar ishtirok etmoqda.



Aloqador xabarlar