Turkiyalik olim Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchilari bilan uchrashdi

Turkiyaning sobiq muftiysi professor Mehmet Go'rmez Imom Moturidiy markazi tadqiqotchi va tinglovchilari bilan onlayn muloqot qilib, “Ahli raʼyning hadisga yondashuvi: Imom Moturidiydan o‘rnaklar” mavzusida maʼruza qildi.

1622191
Turkiyalik olim Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchilari bilan uchrashdi

 

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Turkiyadagi turdosh tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Navbatdagi ana shu mazmundagi tadbirlardan biri Anqarada joylashgan Islom tafakkuri instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mazkur institut rahbari, nufuzli turk olimi, mamlakatning sobiq muftiysi professor Mehmet Go'rmez Imom Moturidiy markazi tadqiqotchi va tinglovchilari bilan onlayn muloqot qilib, “Ahli raʼyning hadisga yondashuvi: Imom Moturidiydan o‘rnaklar” mavzusida maʼruza qildi.

Uchrashuv savol-javob shaklida davom etib, tadqiqotchilar kun tartibidagi mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi.

Tadbir nihoyasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom tafakkuri instituti o‘rtasida ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni bardavom qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikda qo‘shma seminar va loyihalar ishlab chiqishga kelishib olindi.



Aloqador xabarlar