O‘zbekiston va Turkiya o'rtasida soliq xizmatlari bo'yicha hamkorlik muhokama qilindi

O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisi (DSQ) Sherzod Kudbiyev Turkiyaning O’zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

1619966
O‘zbekiston va Turkiya o'rtasida soliq xizmatlari bo'yicha hamkorlik muhokama qilindi

 

O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisi (DSQ) Sherzod Kudbiyev Turkiyaning O’zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Sherzod Kudbiyev uchrashuv avvalida elchini masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash davlat idoralari rahbarlari zimmasiga yuklatilganini taʼkidladi. Bunda eng asosiysi, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida Sherzod Kudbiyev O‘zbekistonda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish uchun Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek, elchi Turkiya O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish borasida har tomonlama ko‘maklashishga va hamkorlikning yangi qirralarini qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi dolzarb mavzular, soliq sohasidagi yaqin aloqalarni rivojlantirish, xususan, ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish uchun soliq xizmatlari o‘rtasida o‘zaro maʼlumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Olgan Bekar , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar