O‘zbekiston va Qozog‘iston "Markaziy Osiyo" xalqaro savdo markazi loyihasini jadallashtiradi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

1618228
O‘zbekiston va Qozog‘iston "Markaziy Osiyo" xalqaro savdo markazi loyihasini jadallashtiradi

 

Muzokaralar chog‘ida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika hamkorligining joriy masalalari muhokama etildi. 

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara hududlarida “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish loyihasining ahamiyati qayd etildi. Muloqot chog‘ida tomonlar ushbu loyiha amalga oshirilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi transport-logistika siyosati borasidagi munosabatlarni samarali rivojlantirishga hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston ishlab chiqarish mahsulotlarini istiqbolli bozorlarga yetkazib berish vaqti va moliyaviy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon berishini ta'kidladi.

Tomonlar fikricha, markazning tashkil etilishi hududlararo sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga o‘zaro investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Yaqin kelajakda loyihaning amaliy ijrosini boshlashga niyat bildirib, tomonlar bir qator dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdi va ular yuzasidan o‘zaro maqbul yechimlarni ishlab chiqdi.

Muzokaralar yakunida ishtirokchilar ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal o‘sishini ta'minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar