O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qatar aviatsiya idoralari delegatsiyasini qabul qildi.

1617412
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qatar aviatsiya idoralari delegatsiyasini qabul qildi.

Qatar delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifi O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida havo qatnoviga doir hukumatlararo bitim tuzish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq.

Shuningdek, Qatar tomoni O‘zbekiston hukumatining hududiy aeroportlarda “ochiq osmon” rejimini joriy qilish, xorijiy aviakompaniyalar tomonidan charter reyslarini tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida “kesh-bek” mexanizmini qo‘llash kabi aviatsiya bozorini liberallashtirish bo‘yicha qarorlari bilan tanishtirildi.

“Qatar Airways” departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarini amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan “ochiq osmon” rejimidan foydalanishga, jumladan, Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilishga yuqori qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik bitimi loyihasi yuzasidan mavjud masalalarni tezkor hal etilishi, imzolanishi hamda hamkorlikni rivojlantirish, turizm sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishga doir muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Qatar

Aloqador xabarlar