Qirg'izistonlik sayyohlar Andijon shahriga tashrif buyurdi

Andijon viloyatining “In tour” va O‘sh shahridagi “Munduz turist” firmalari hamkorligida o‘shlik 100 nafar sayyohning Andijonga safari tashkil qilindi.

1616682
Qirg'izistonlik sayyohlar Andijon shahriga tashrif buyurdi

 

Kecha, 6 aprel kuni O‘sh viloyatidan 100 nafar sayyoh bir kunlik sayohat bilan Andijonga keldi.

Bu haqda Andijon viloyati hokimligi maʼlumot berdi.

Avval xabar qilinganidek, 19 mart kuni O‘sh shahri delegatsiyasi Andijonda bo‘lgan, ushbu tashrif doirasida tomonlar ijtimoiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan edi.

Ushbu kelishuvlar ijrosi doirasida hamda Andijon viloyatining “In tour” va O‘sh shahridagi “Munduz turist” firmalari hamkorligida o‘shlik 100 nafar sayyohning Andijonga safari tashkil qilindi.

Davlat chegarasida ilk sayyohlar tantanali kutib olinib, mehmonlar Andijonning diqqatga sazovor maskanlari, jumladan, Bog‘i Bobur madaniyat va istirohat bog‘i, Andijon hayvonot bog‘i, Jomeʼ memoriy majmuasi va Eski shahar dexqon bozorida bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Andijon , #O'zbekiston , #O'sh shahri , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar