O‘zbekistonda Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi

O‘zbekiston Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.

1616178
O‘zbekistonda Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi

 

O‘zbekiston Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.

Mazkur hujjatga asosan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi.

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga chek qo’yildi va Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritildi.

Farmonga ko‘ra, Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati etib qayta nomlandi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafar etib belgilandi.

Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati Taʼlim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati etib qayta nomlandi. Uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, Davlat tilini rivojlantirish departamenti Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti etib qayta nomlandi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 7 nafar etib belgilandi;

10 ta shtat birligidan iborat Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tashkil etildi. Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi shtat birliklari O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining 10 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilandi.

 



Aloqador xabarlar