Qozog‘iston prezidenti To'qayev koronavirusga qarshi emlandi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda To‘qayevning matbuot kotibi Berik Uali facebook sahifasida ma'lum qildi.

1616020
Qozog‘iston prezidenti To'qayev koronavirusga qarshi emlandi

 

Avvalroq, Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlash milliy xavfsizlik masalasi ekanligini ta'kidlagandi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda To‘qayevning matbuot kotibi Berik Uali facebook sahifasida ma'lum qildi.

"Bugun davlat rahbari Qarag‘anda farmatsevtika zavodida ishlab chiqarilgan "Cputnik V" vaksinasini qabul qildi. Emlashdan so‘ng u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Hech qanday nojo‘ya ta'sir kuzatilmadi",-deb yozdi Berik Uali.

Uning yozishicha, prezident Qozog‘iston fuqarolarining emlanishi va jamoaviy immunitet shakllanishigina koronavirusni yengish imkonini berishiga ishonadi.

Avvalroq, Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlash milliy xavfsizlik masalasi ekanligini ta'kidlagan va vaziyat o‘zgarmaydigan bo‘lsa, butun hukumatni almashtirishini ma'lum qilgandi.



Aloqador xabarlar