O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi Turkiya kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Oybek Norinbayev Turkiyaning “Gumbel Group” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mustafo Xerdem bilan uchrashdi.

1614927
O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi Turkiya kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

 

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Oybek Norinbayev Turkiyaning “Gumbel Group” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mustafo Xerdem bilan uchrashdi.

Vazirlik maʼlum qilishicha, tomonlar qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida qo‘shma innovatsion va investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

“Gumbel Group” vakillari mazkur kompaniya faoliyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.

Qayta tiklanadigan energiya sohasiga investitsiya kiritish va barqaror energiya tizimlarini yaratishga ixtisoslashgan mazkur kompaniya tarkibiga “Gumbel Enerji”, “Heran Enerji”, “Elseroof Enerji”, “Güneşfix Enerji” va “Else Enerji” shoʻba korxonalari kiradi. Ular energetika, dasturiy taʼminot, quyosh paneli ishlab chiqarish, elektron tijorat va raqamli transformatsiya sohalarida faoliyat yuritadi.

Mustafo Xerdem kompaniya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va rejalari toʻgʻrisida soʻz yuritarkan, Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarni amalga oshirishning biznes modelini taklif etdi. Mezbonlar tomonidan mazkur taklif ijobiy baholandi.

Tomonlar qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida qoʻshma innovatsion va investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilib, o'zaro Anglashuv memorandumini imzoladilar. 

Taʼkidlash joizki, kompaniya 1987-yildan buyon xalqaro bozorlarga yoʻnaltirilgan xalqaro sifat standartlariga mos keladigan quyosh elektr stansiyalarini oʻrnatish uchun eng yirik ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda kompaniya tomonidan energiya xizmatlari shartnomalari boʻyicha 20 ta hududda 285 MVt, 15 ta hududda 209,4 MVt, 34 ta hududda rejalashtirish va injiniring loyihalari boʻyicha 458 MVt quvvatdagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Kompaniyaning energetika va dasturiy taʼminot sohasidagi eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan elektrotexnika laboratoriyasiga ega Tadqiqot va rivojlantirish ilmiy markazi ham bor. Hozirda ushbu markaz quyosh energetikasi sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar