Turkiya elchisi O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasi rahbari bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida qo’mita raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Olgan Bekarni Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib saylangani bilan tabrikladi.

1613533
Turkiya elchisi O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasi rahbari bilan uchrashdi

 

Joriy yilning 31 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida qo’mita raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Davlat statistika qo'mitasi raisi Olgan Bekarni Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib saylangani bilan tabrikladi va ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari hamda ikki davlat statistika idoralari o’rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytish  muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda davlatlar o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy aloqalarni hamda ikki davlat statistika idoralari o’rtasidagi hamkorlik masalalarini yanada mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv iliq va do’stona ruhda bo’lib o’tdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Olgan Bekar

Aloqador xabarlar