Turk dunyosining ulug‘ mutaffakkiri Xoja Ahmad Yassaviyga oid shajara namunasi topildi

Xoja Ahmad Yassaviy davriga oid muhim qarorlar, geografik nomlar, chegara haqidagi ma’lumotlar, insonlarning kundalik hayot sharoitiga oid batafsil ma’lumotlar o‘rin olgan hujjat topildi.

1611251
Turk dunyosining ulug‘ mutaffakkiri Xoja Ahmad Yassaviyga oid shajara namunasi topildi

Turk dunyosining ulug‘ mutaffakkiri Xoja Ahmad Yassaviyning jiyani va talabasi Yusuf Otaga oid hujjatlar topildi.

Tarixiy qo‘lyozmalari, muhrlangan hujjatlar va 3.5 metr uzunlikdagi shajara Yusuf Ota tomonidan XIII asrda chig‘atoy tilida qalamga olingan.

Oilaning Turkiston shahridagi uyida saqlangan bu hujjatlar, muzeyga tuhfa qilinadi. Hujjatda qalamga olingan ma’lumotlar, bir necha tilga tarjima qilinadi.

Tarixiy hujjatlar avloddan avlodga yetkazib berildi va Xoja Ahmad Yassaviyning jiyani Yusuf Otaning nabiralari tomonidan himoya qilindi.

Asrlar davomida muhofaza qilingan hujjatlar mana bugun kun yuzasiga olib chiqildi.

Yusuf Otaning nabirasi Saidalim Yuldashev,

“Sovet ittifoqi davrida bu hujjatni hechkimga ko‘rsatolmadik. U davrda bunday hujjatni na o‘zimiz, na boshqasi saqlay olardi. Eng yomoni boshqasiga ham berolmayotgandik. Bugun esa buni kun yuzasiga olib chiqishning vaqti keldi”. - dedi.

Hujjatlarda Xoja Ahmad Yassaviy davriga oid muhim qarorlar, geografik nomlar, chegara haqidagi ma’lumotlar, insonlarning kundalik hayot sharoitiga oid batafsil ma’lumotlar o‘rin olgan.

Saidalim Yuldashev,

“Xoja Ahmad Yassaviyn talabalari tomonidan mehmon qilinganida dasturxonga qo‘yilgan nozu - ne’matlar haqida ma’lumotlar bor. Ahmad Yassaviy uzimning 12 turi bilan mehmon qilinarmish”. - dedi.

Ahmad Yassaviyning tarixiga doir qimmatbaho meros hisoblangan ushbu hujjatlar “Hazrat Sulton” davlat tarixiy - madaniy qo‘riqxona muzeyiga topshiriladi.

“Hazrat Sulton” muzeyi direkoti Nurbo‘lat Axmetjanov, “Topilgan bu tarixiy hujjatlar ustidan muzey mutaxassislari tomonidan to‘laqonli ilmiy - tahliliy ishlar yuritiladi. Yangi ma’lumotlar o‘rtaga chiqishi mumkin. Hujjatlarni qozoq tiliga tarjima qilib, kitob sifatida chop etishni rejalashtiryapmiz.” - dedi.  

Ahmetjanov, Xoja Ahmad Yassaviyga oid ilmiy - tahliliy ishlarning mamlakatda bo‘lganidek chet elda ham davom etishini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar