Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida 1 aprelda ID karta bilan sayohat qilish boshlanadi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi “Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida ID karta bilan sayohat qilish to’g’risida”gi protokol tasdiqlanganligini va 1 aprel kuni kuchga kirishini e’lon qildi.

1610539
Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida 1 aprelda ID karta bilan sayohat qilish boshlanadi

 

Shu yilning 1 aprel kunidan boshlab Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasida ID karta bilan sayohat qilish boshlanadi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi “Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida ID karta bilan sayohat qilish to’g’risida”gi protokol tasdiqlanganligini va 1 aprel kuni kuchga kirishini e’lon qildi.

“2020 yil 10 dekabrda Bakuda imzolangan Turkiya Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o’rtasida shaxsiy guvohnoma ID karta bilan sayohat qilish to’g’risidagi protokol ikki mamlakat tomonidan tasdiqlandi”,-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Bunga ko’ra, 2021 yil 1 apreldan e’tiboran Turkiya fuqarolari Ozarbayjon Respublikasi hududiga passport bilan emas, balki ID karta yoki shaxsiy guvohnoma bilan kirishlari mumkin. Ayni vaqtda Ozarbayjon fuqarolari ham ID karta bilan Turkiyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Avvalroq, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li twitter orqali juda yaqin kunlarda ikki qardosh davlat o’rtasida passport bilan emas, balki ID karta bilan sayohat qilish imkoniyati yaratilishini tilga olgandi.

“Qardoshim Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan Turkiya-Ozarbayjon o’rtasida ID karta bilan sayohat qilish to’g’risida protokol imzoladik. Bu bir millat – ikki davlat tamoyiliga mos ravishda qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi”,-degandi Turkiya tashqi ishlar vaziri twitterdagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #ID karta

Aloqador xabarlar